Ср, 22-Мая-19, 21:32:22

POPCORN.UZ

Логин:
Пароль:
Наш опрос
SIZNING TAKLIFINGIZ
Всего ответов: 24
Статистика

21:38:39
Naslixon Atagul (Neslihan Atagül) hayoti, ijodi va biografiyasi haqida (Sevgi iztirobi, Nihan Sezin)


Naslixon Atagul biografiyasi

Turkcha haqiqiy ismi: Neslihan Atagül
Tug'ilgan vaqti: 20-avgust, 1992-yil (2017-yil 25 yoshda)
Tug'ilgan joyi: Istambul, Turkiya
Fuqoroligi: Turkiya
Kasbi: Aktrisa, Model
Karyerasi: 2006-hozirda (model va aktrisa)
Mukofoti: Yil aktrisasi - Sevgi iztirobi seriali(2016-yil)
IMDb: ID 3744351


Naslixon Atagul hayoti va ijodi

Go'zal va jozibador ayol Naslixon Atagul 1992-yilda Turkiyaning Istanbul shaxrida dunyoga kelgan. U ilk ijodini reklama roliklarda ishtirok etish bilan boshlagan. 2005-2006-yilllarda u Tofita, Valenza Kids, Sutas kabi reklamalarni qabul qilgan.
2006-yildan esa u ilk bora "Ilk Sevgi" nomli filmda sur'atga tushgan. 2008-2009 yillarda esa u 34-qismdan iborat "Yaproq barglari" nomli serialda "Deniz" rolini ijro etdi. Ushbu serial Naslixonni ancha tanilishiga sabab bo'ldi.
2013-yilda esa "Istambuldagi ikki kishi" filmida bosh rolni ijro etdi.
2015-yilda "Sendan menga nima qoldi?" filmida o'ynagan Elif roli Naslixonni butun dunyoga tanitdi. Yosh bo'lishiga qaramasdan Naslixon "Tozalash" nomli filmdagi roli bilan bir nechta mukofotga sazovar bo'ldi.
Naslixon 2013-yilda Qodir Dog'ulu (Kadir Dogulu) bilan uchrashib qolishdi va 2016-yil 8-avgustda turmush qurishdi.
(Eslatma: Qodir Dog'ulu (Kadir Dogulu) Ko'sem serialida Mehmed Geray-xan rolini ijro etgan aktyor.)
Naslixon Atagul Frans Kafka, Karlos Kastaneda, Ursula Le Guin ismli taniqli adiblarning kitoblarini sevib o'qiydi va Tima Berton hamda Devid Linchalarning filmlarini tomosha qilishni yaxshi ko'radi.


Rol ijro etgan filmlari va seriallari:

Ilk Sevgi (Ilk Ask) - Roli: Bahor (2006, film)
Yaproq Barglari (Yaprak Dokumu) - Roli: Deniz (2008-2009, serial)
Aziz otam (Canim babam) - Roli: Pinar (2011, film)
Hayot davom etadi (Hayat Davem Ediyor) - Roli: Shirin (2011, film)
Tozalov (Araf) - Roli: Zehra (2012. film)
Istambuldagi ikki kishi (Fatih Habriye) - Roli: Neriman (2013-2014, serial)
Sendan nima qolgan? (Senden Bana Kalan) - Roli: Elif (2015, film)
Sevgi iztirobi (Kara Sevda) - Roli: Nihan (2015-2016, serial)

Naslixon Atagul va Kadir Dog'ulu


Nihan va Kemal (Sevgi iztirobi / Kara Sevda)






 

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 273 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar