Ср, 22-Мая-19, 21:33:05

POPCORN.UZ

Логин:
Пароль:
Наш опрос
SIZNING TAKLIFINGIZ
Всего ответов: 24
Статистика

21:06:51
Instagram begona foydalanuvchilarning izohlarini berkitish funksiyasini joriy qildi


Instagram’da foydalanuvchilar izohlarini cheklash funksiyasi paydo bo‘ldi. Uning sozlamalarida to‘rtta variant mavjud: “barcha izoh qoldirishi mumkin”, “faqatgina men obuna bo‘lganlar”, “faqatgina obunachilarim” va “men obuna bo‘lganlar va mening obunachilarim”, deb xabar berdi TJournal. Bunga qadar ochiq profillarga barcha izoh qoldirishi mumkin edi. Yopiq akkauntlardagi suratlarni va izohlarni begona odam oldingidek ko‘ra olmaydi. Bundan tashqari, begona odamlarning izohlarini bloklash funksiyasi ham paydo bo‘ldi. Bloklangan foydalanuvchining izohlarini faqatgina uning o‘zi ko‘ra olishi mumkin, shuningdek, muallif o‘zining bloklanganini bilmaydi ham. Shuningdek, Instagram rahbariyati to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyalar uchun anonim murojaat qilish tugmasini qo‘shdi. Foydalanuvchilar qo‘llab-quvvatlashga muhtoj insonni ko‘rsalar, servis ma’muriyatiga murojaat qilishlari mumkin. Unga maslahat olish, ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki maslahat so‘rash taklif etiladi. 25-sentabr kuni Instagram foydalanuvchilari yarim yil ichida 100 millionga ortdi va hozirda ijtimoiy tarmoqning oylik foydalanuvchilari soni 800 millionga yetdi.

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 90 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar