Ср, 22-Мая-19, 21:30:01

POPCORN.UZ

Логин:
Пароль:
Наш опрос
SIZNING TAKLIFINGIZ
Всего ответов: 24
Статистика

00:09:05
Sevgi Iztirobi Turk seriali voqealar rivoji 20-qism (Kemal Leylaning sirini bildi)


SERIALNING QIZG'IN JARAYONLARI HALI OLDINDA. BIZ BILAN VOQEALAR RIVOJINI KUZATISHDA DAVOM ETING: Galip, Kemal va Emir ish yuzasidan suxbatlashib turishadi. Kemal: - Janob Galip sizda gapim bor. Ishchilar hayoti yuzasidan. Galip: - Xo'sh, qanday? Emir: - Janob Kemal bizning ish rejamizdagi yuza kelishi mumkin bo'lgan holatlar bo'yicha aytmoqchi. Bu ishchilar uchun havfli bo'lishi mumkin demoqda. Havotirlanmang. Men o'zim har kuni nazorat qilib ko'rib chiqaman. Kemal: - Siz qarashga majbursiz. Siz!... Emir: - Siz o'zingizni ishingizni biling. Hammasi shu! Emir chiqib ketadi. Galip Kemalga tushuntirmoqchi bo'lgani bilan Kemal bu ishga ko'z yumib ketmasligini aytadi. Kemal Ismailga qo'ng'iroq qiladi va ishni hal qilguncha ehtiyot bo'lib ishlashlarini tushuntiradi. Kemal ofisda akasini ko'rib qoladi. Tarikni olib ketmoqchi bo'ladi lekin u ko'nmaydi.


Emir xonasidan chiqib, Tarikni ichkariga olib kirib ketadi.
Emir Tarikdan nima uchun kelmaganini so'raydi. Tarik muammolar borligi va singlisi tufayli ekanini aytadi. Emir Tarikka katta miqdorda chek yozib beradi va Tarik uchun imkoniyat qilib berayotganini aytadi.
Yasemin Nihanga yangi ish joyi ham Kemalga tegishli ekanini ko'rsatadi. Nihan esa hayron qoladi.
Kemal xonasida o'tirsa telefon jiringlaydi. Kotiba Onder kelganini aytadi.
Kemal chiqib ketmoqchi bo'lganida Tarik uning eshigi oldiga turib oladi.
Tarik: - Bu xona senikimi?
Kemal: - Ha.
Tarik: - Oooo shaxsiy xonam degin.
Kemal: - Aka qo'ysangizchi shu gaplarni. Men bu yerga proyekt bo'yicha kelganman. Vaqtinchalik holos.
Tarik yana Kemalning g'ashiga tegadi. Kemal Tarikka otasining ishonchi birinchi u ekanligini tushuntiradi. Tarik esa ukasining gapiga tushunmay uni o'z ishida davom etishini, o'zi esa o'zining ishida davom etishini aytib, xonadan chiqib ketadi.
Nihan o'ylanib bo'lgach, Kemalga qo'ng'iroq qiladi.
Nihan: - Kemal bu yana nima qilganing. Sen mendan nima xoxlaysan? Nega yana o'yin boshlayapsan?
Kemal: - Sen nima xoxlaysan ayt?
Nihan: - Sen yana menga ish taklifi bilan chiqibsan.
Kemal: - Tushunmadim.
Nihan: - Kemal sen yangi proyektni homiysi ekansan.
Kemal: - Men bu haqida hech narsa bilmayman.
Nihan: - Mayli... Ey Kemal bu haqida bilgach, menga aytib yuborarsan.
Kemal: - Nihan meni eshit. Hozir tashqariga chiq.
Nihan: - Nimaga?
Kemal: - Tashqariga chiq va darvozani och. So'ng u yerdan qara. U yerda bir mashina bor.
Nihan tashqariga chiqadi va:
- Ha ko'rdim.
Kemal: - Yo'q. Boshqa tarafga qara. Senga kimdir qarab turibdimi?
Nihan: - Ha, lekin sen buni qayerdan bilding?
Kemal: - Mayli. Qaramasdan ichkariga kir. Bu ishni sening ering Emir Ko'zchuo'g'lu qilyapti. Demak Emir bizni kuzatmoqda.
Kemal telefonni o'chirishi bilan Salih qo'ng'iroq qiladi. Kemal esa hozir band ekanini aytib telefonni o'chirib qo'yadi.
Onder esa advokat bilan Leyla masalasi bo'yicha suxbatlashadi. Shu payt eshik taqillaydi va ichkariga Kemal kirib keladi. Advokat ketadi.
Onder: - Xo'sh, mendan nima xoxlaysiz?
Kemal: - Bugun sizni Leylaning yonida ko'rdim.
Onderning jaxli chiqib ketadi. Kemal esa Onder bilan bo'lib o'tgan gaplarni eslaydi. Onder esa Leyla bilan shaxsiy muammolari borligini aytadi. Kemal Onderdan Leyla u uchun kim ekanligini so'raganda, buni Leylaning o'zidan so'rashini aytib, chiqib ketadi.
Mashina Nihanning uyi yoniga kelib to'xtaydi. Uning ichidan Asu tushib keladi va Nihanning yoniga kiradi. Yasemin ishlari borligini aytib, Nihan bilan hayrlashadi va ketadi.


Asu: - Men Istanbulda yolg'izman. Kemal Bey esa juda ham band.
Nihan: - Asu xonim bu yerga kelishingizni sababi bordir?
Asu: - Men sizga do'stlik qo'lini cho'zmoqchiman. Bizning proyektni qabul qildingiz.
Nihan: - Bizning ishimiz ma'qul keldimi?
Asu: - Bu bilan nima demoqchisiz?
Nihan: - Sizga mening ideyam yoqmagandi shekilli.
Asu: - Bu hammasi ortda qoldi.
Asu Nihandan Kemal bilan o'tmishda qanday munosabatlari bor bo'lgani haqida so'raydi.
Emirning oldiga Tufan kiradi.
Emir: - Nima bo'ldi?
Tufan: - Javobni kutyapmiz.
Emir: - Qancha pul so'rasa beraman. Lekin hechqachon bu uy Kemal Soyderniki bo'lmasligi kerak.
Tufanga chiqib ketishini aytadi va telefonda uy sotilish masalasi bo'yicha gaplashadi.
Kemal ham uy masalasi bo'yicha gaplashadi.
Emir: - Bu Lyuk mening uyim. Hammasi tamom.
Kemal liftga chiqadi.


Emir esa uning ortidan hayr deganday qo'lini ko'taradi. So'ng, xonasiga kiradi. Uning yoniga jazmani Banu ham kiradi.
Leylaning eshigi taqillaydi. Eshikni ochsa Kemal kelgan bo'ladi.
Leyla: - Nima bo'ldi?
Kemal: - Leyla men senga bir necha bor qo'ng'iroq qildim. Sen avval ayt. Nima uchun telefoning o'chik.
Leyla: - Senga shuni tushuntiraymi? Telefonimni batareyasi o'tirib qolgandi.
Kemal: - Men haqiqiy Leylani bilamanmi?
Leyla: - Bu qanaqa savol bo'ldi? Meni sendan ham yaxshi biladigan bormi?
Kemal: - Men bugun seni Nihanning uyi yonida ko'rdim. Sen do'stlikni juda ham yaxshi bilasan. Sen boshqalar bilan qandaydir aloqang borligi haqida menga aytmayapsan. Buni mendan yashiryapsan. Leyla sen mening eng yaqin do'stimsan. Ikkinchi oilamsan. Odam o'z oilasidan ham sir yashiradimi? Sen qanaqasan Leyla? Men seni tanimay qolyapman.
Leyla biroz jim turgach:
- Nihan mening jiyanim. Uning onasi mening tug'ishgan singlim.
Emir Banu bilan Nihan to'g'risida gaplashadi. Emir esa Banuni baqirib xonadan chiqarvoradi. Banu tashqariga chiqadi va qornini ushlab:
- Men senga it qilaman - deydi.
Leyla bor gapni Kemalga aytib beradi. Onderni sevgani, Vildan singlisi ekanini va Nihan jiyani ekanligini hamma hammasini aytib beradi.
Nihan biroz eshik oldida turadi va Emirning yoniga kiradi.


Nihan: - Nima so'ramoqchisiz?
Emir: - Tushunmadim. Nima demoqchisan?
Nihan: - Sizni qiziqtirgan narsani so'rang.
Emir: - Nima bo'lishi kerak?
Nihan: - Bu siz so'rashingiz kerak. Nima uchun meni kuzatgani ortimdan odam qo'ydingiz?
Emir: - Buni qanday bilding?
Nihan: - Sizni sevmayman. Buni yaxshi bilasiz. Yuzingizni ko'rgim ham kelmaydi. Hechqachon sizga munosabatim o'zgarmaydi.
Emir: - Nihan lekin men seni juda kuchli sevaman.
Emir sevishini ta'kidlaydi. Nihan esa buni xoxlamaydi. Nihan xonadan chiqib ketadi. Emir esa yana azoblanadi va yigitlarga qo'ng'iroq qilib Nihanni kuzatishni to'xtatishlarini aytadi.
Leyla: - Mayli. Sen nima qilding?
Kemal: - Men ularning yonidan uy sotib olmoqchiman.
Leyla Kemalga bunday qilmasligini tushuntiradi, lekin Kemal bu yo'ldan qaytmasligini Emirni yengish uchun har narsaga tayyor ekanligini aytadi.
Soyderlar kechki ovqatda.


Ular Kemal haqida gaplashishadi. Onasi Kemalga qo'ng'iroq qilib ertaga uni kelishini so'rashini aytadi. Xuseyn bunga rozi bo'ladi. Tarik esa har bir ishiga bir sabab topishini aytib Kemaldan noliydi.
Tarik: - Dada, menin bir bor tushuning. Siz biror marta menga aytganmisiz? "Mening sherim", "mening o'g'lim" deb. Barchasi doimo Kemal uchun bo'lgan.
Xuseyn: - Qo'llaring dard ko'rmasin azizam.
U shunday deb xonasiga kirib ketadi.
Fehime Xuseynning yoniga kiradi va Tarikning gaplari to'g'ri ekanligini aytadi. Xuseyn esa bunday emasligini aytadi.
Tarik tashqariga chiqadi va Emirga qo'ng'iroq qiladi.


Emir: - Muammolaringizni hal qildingizmi Tarik Bey?
Tarik: - Xa xal qildim. O'ylab-o'ylab ishimni davom ettirishga qaror qildim.
Emir: - Barakalla. To'g'ri qaror...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.





 

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 115 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar