Пн, 20-Мая-19, 21:27:38

POPCORN.UZ

Логин:
Пароль:
Наш опрос
SIZNING TAKLIFINGIZ
Всего ответов: 13
Статистика

23:49:33
Sevgi Iztirobi Turk seriali voqealar rivoji 19-qism


Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, saytimizda yozilayotgan ushbu voqealar rivoji juda ham kam o'qilmoqda. Shu sababli yozishga ikkilanmoqdamiz. Sizlardan do'stlaringizni ham saytimizga taklif qilib qolishingizni so'rab qolardik. Saytimiz muxlislari qanchalik ko'p bo'lsa, biz ham sizlarga yanada ko'proq serial haqida ma'lumotlar berib boramiz Kemal Salihga Emirni hamma narsasidan maxrum qilishini aytadi. Leyla Ko'zchio'g'lular xonadoniga keladi. Emir Janob Xandanning hodimiga qo'ng'iroq qiladi. Xandanning xodimi: - Janob Emir uyni sizga sotish uchun yana bir haridor bor. Emir: - Bilasizku. Ko'zchio'g'lu olaman dedimi oladi. Unga ayting. Emir har qanday kelishuvga rozi deb. Xo'sh yana kim ekan xaridor? Xandanning xodimi: - Janob Kemal Soyder. Janob Xandan bilan u ham kelishuv qilgandi. Emir: - Janob Xandanga qaytadan qo'ng'iroq qilib, Emir Ko'zchio'g'lu har qanday kelishuvga tayyor ekanini ayting. Men sizdan ushbu eshikdan kirish haqidagi yangilikni kutib qolaman. Xandanning xodimi tez orada javob berishini aytib u yerdan ketadi. Salih nima uchun uyni sotib olayotgani haqida Kemaldan so'rasa, Kemal nima uchun olmoqchi ekanligini yana ta'kidlaydi. Leyla Ko'zchuo'g'lular darvozasini taqillatadi. Qorovuldan Vildan va Onderni chaqirishini talab qiladi. Xizmatkor: - Vildan xonim sizni oldingizga bir mehmon kelibdi. Vildan: - Kim? Xizmatkor: - U o'zini Leyla dedi. Vildan va Onder Leylaning oldiga chiqishadi. Nihan Emirga qo'ng'iroq qiladi, lekin telefon o'chik bo'ladi. Nihan hayron bo'ladi. Vildan uyda uning haqqi borligini va uni Leyladan olib qo'yishini aytadi. Leyla esa hechnarsani olib qo'yishga haqqi yo'qligini aytib, qo'lidagi hujjatni yirtib tashlaydi va Vildan yuziga sochib tashlaydi. Onder: - Yana nima qilding? Vildan: - Sizni bu mavzuga aralashishga umuman haqqingiz yo'q. Vildan ichkariga kirib ketadi. Onder esa Leylaning ortidan boradi. Leyla unga tinch qo'yishini aytib ketayotsa kelishuvni amalga oshirayotgan Kemal va Salih uni ko'rib qolishadi. Kemal esa tezda Leylaga qo'ng'iroq qiladi. Nihan esa Fatih bilan telefonda gaplashadi. Leyla telefoniga qarasa Kemal qo'ng'iroq qilayotgandi. Kemal: - Leyla axvoling yaxshimi? Leyla: - Ha tinchlikmi? Kemal: - O'zim shunchaki nima qilayotganingni bilmoqchi bo'lgandim. Leyla: - Men hozir do'kondan narsa harid qilishim kerak. Keyinroq o'zim qo'ng'iroq qilaman. Kemal: - Yaxshi unda. Gaplashamiz. Leyla: - Mayli. Kemal hayron bo'ladi. Salih nima bo'lganini so'rasa Kemal Leyla gaplashishni xoxlamaganini aytadi. Nihan yangi ishi bilan kelishuv to'g'risida gaplashadi va mashinasiga chiqib ketadi. Kemal va Salih mashinada gaplashib ketishayotsa, Salih birdan: - Kemal ehtiyot bo'l - deb baqiradi. Kemal rolni zo'rg'a tormozni bosib qoladi. Ro'parasidagi mashinada esa Nihan bor edi. Kemal va Salih darhol mashinadan tushadi. Kemal: - Axvoling yaxshimi? Nihan: - Kemal! Kemal: - Seni ko'rmay qolibman. Uzr! Nihan: - Yo'q. Shart emas. Kemal: - Rostdan ham axvoling yaxshimi? Nega yo'lga qaramay ketayotganding. Asosiy yo'lda men bo'lsam. Nihan: - Yo'q men doim mana shu yo'ldan ertalab mashinamda o'taman. Kemal: - Nima? Sendan boshqa odam bu yo'ldan yurmaydi demoqchimisan? Nihan: - Bu yo'ldan mashinada birov yurishini hayolimga ham keltirmagandim. Ayniqsa seni. Hechqachon. Kemal Leyla yuborganini aytadi. Nihan esa Leylani qo'ng'iroq qilib aytmaganidan hayron bo'ladi. Ular yana mashinasida yo'lida davom etishadi. Onder va Vildan yana Leylaning uyi mavzusida tortishib ketishadi. Onder Vildanga Leylani tinch qo'yishini aytib do'q qiladi. Vildan esa bu jangni 30 yil avval Onder boshlaganini aytadi. Shu payt Ozan kelib qoladi va nima uchun janjal qilayotganini so'raydi. Ular shunchaki bir masalada biroz tortishib qolganini aytishadi. Kemal uyi yoniga keladi va u yerda biroz turadi. Tarik va dadasi ishga ketishayotsa, Zeynep ham birga ketishini aytadi. Xuseyn uni yana tergaydi. Zeynep esa dadasidan yana uzr so'raydi. Kemal eshik yoniga keladi va eshikni taqillatmoqchi bo'lganida Xuseyn eshikni ochib qoladi. Fehime Kemalni ko'rib hursand bo'ladi. Kemal biroz jim turgach: - Dada!... Fehime: - Xush kelibsan o'g'lim. Qani ichkariga kir. Xuseyn ham biroz jim turgach: - Qani ichkariga kir. - deydi. Kemal: - Dada rahmat. Xuseyn: - Nega unday deysan. Bu sening ham uying o'g'lim. Kemal ichkariga ketadi. Xuseyn va Tarik ishga ketishadi. Kemal ishxonasiga keladi. Eshik oldida bir odamni soqchilar ichkariga kirgazmayotganini ko'radi va undan nima muammo borligini so'raydi. Ismail qurilishdagi muammo bo'yicha kelganini aytadi. Kemal: - Xo'sh ukam, isming nima? Ismail: - Ismim Ismail Kemal: - Chiroyli ism ekan. Mening ismim Kemal. Men janob demasdan Kemal og'a deyaqol. Qani menga ayt. Janob Emirga nima muammo haqida aytmoqchisan? Ismail: - Bizning ish rejimimizda havfsizlik nazorati yo'q. Biz havf ostida qolyapmiz. Kemal: - Nima Emir Ko'zchio'g'luning ishida havfsizlik sozlamalari yo'qmikan? Ismail: - Siz ikki yil avvalgi voqeani eshitmaganmisiz? Kemal: - Yo'q Ismail: - Otam liftdan tushib ketgan. Shu halokatdan so'ng otam oyog'idan ayrildi. Kemal: - Bu o'tib ketganku. Ismail: - To'g'ri o'tib ketgan. Lekin ham biz havfdamiz. Otam oyog'idan ajralib qolgan. Bizning ham hayotimiz har kuni havfda bo'ladi. Bizga yordam bering aka. Janob Emir bizday odamlarni tinglamaydi ham. Kemal ularga yordam berishga va'da beradi. Nihan yangi ishi bo'yicha hamkori bilan gaplashib oladi. Nihan ofitsantdan kayfiyatni ko'taruvchi zo'r qahva tayyorlab berishini so'raydi. Nihan bilan shartnoma tuzgan ayol Asuga qo'ng'iroq qiladi va ish xal bo'lganini aytadi. Nihan Zeynepga qo'ng'iroq qiladi lekin ovozli pochta ishlayotgan bo'ladi. Nihan Zeynepga ko'rishib gaplashib olishi kerakligini yozib qoldiradi. Emir Tufandan Tarik va Zeynep haqida so'raydi. Tufan Tarik ishga chiqmaganini va qayta qo'ng'iroq qilishini, Zeynep esa uyidan chiqmayotganini aytadi. Zeynepning ustozi keladi va Fehime bilan Zeynepning o'qishi masalasida gaplashishadi. So'ng gaplashib bo'lgach, Tufanga qo'ng'iroq qiladi va ish hal bo'lganini aytadi. Bu Emirning navbatdagi nayrangi edi. Tarik sartaroshxonada ishlayotsa unga Emir qo'ng'iroq qiladi. Tarik: - Salom Emir Bey. Emir: - Janob Tarik. Nima bo'ldi? Ishni to'xtatdingizmi? Tarik: - Biroz boshqa ishlarim bor edi. Bu haqida Janob Tufanga aytgandim. Sizga aytmadimi? Emir Tarikni ofisga kelishini so'raydi va boshqa sartarosh topa olmaganini aytadi. Xuseyn xonadan chiqadi va Tarikni tergab, tezroq ishlashini aytadi. Kemal Ismail bilan gaplashib bo'lib, Emirning yoniga kiradi. Kemal Emirga ishchilarning uskunalari ularning hayotiga havf tug'dirayotgani haqida gapiradi va bunga ko'z yumib ketolmasligini, odamlarni hayoti bilan o'ynashmasligini aytadi. Emir esa hamma ishlar yaxshiligini aytadi. Kemal esa uning yonidan chiqib ketadi. Nihanning oldiga Yasemin keladi. So'ng Kemal haqida gaplashishadi. Nihan Emir Kemal va uning o'rtasidagi munosabat haqida bilishini aytadi. Kemal Onderga qo'ng'iroq qiladi. So'ng, Leylaga qo'ng'iroq qiladi. Leylaning telefoni o'chik bo'ladi. Leyla esa onasining qabriga borib, ichidagi dardlarini to'kib soladi. Yasemin Nihan o'zini o'zi aldayotganini aytadi. Nihan esa endi Kemal u uchun yo'qligini aytadi va qutiga narsalarni yig'ib axlat qutiga tashlab yuboradi. So'ng, sohil bo'yida biroz turadi. Ozan esa GPS orqali Zeynepni izlab keladi. Zeynep ichkarida yuvilgan kiyimlarini dorga ilayotgan edi. Ozan unga qarab turadi. Shu payt Ozanga onasi qo'ng'iroq qiladi. Ozan esa telefonini ovozini o'chirishga urunadi. Zeynep ovozni eshitib ko'chaga boqadi. U Ozanni ko'rib qoladi va yugurib ko'chaga chiqadi. Zeynep: - Ozan jinni bo'lganmisan? Bu yerda nima qilyapsan? Ozan: - Men seni ko'rgani keldim. Zeynep: - Qanday yaxshi. Ozan: - Sendan xavotir oldim. Zeynep: - Uyimni qayerdan topding? Ozan: - Ilova orqali. Zeynep shosha pisha Ozanga ketishini aytib orqasiga qaytadi. Ozan esa nima sababdan bunday qilayotganini so'raydi. Zeynep esa hechnima aytolmasligini va tezroq ketishini iltimos qiladi. Zeynep telefonini olishi bilan Ozanga qo'ng'iroq qilishini aytadi. Ozan endi ketayotsa uni Salih ko'rib qoladi. Salih: - Sen bu yerda nima qilyapsan? Ozan: - Sen kimsan? Salih Ozanni yoqasidan ushlaydi: - Sening muammoyingman, bolakay muammoying. Salih Ozanni qo'rqitib haydab yuboradi. So'ng Soyderlar xonadoniga yaqinlashib ichkariga qaraydi. Zeynep esa yana oynaga qarab o'z husniga mahliyo bo'lib turadi. Salih Kemalga qo'ng'iroq qiladi, lekin Kemal ishdaligi tufayli telefonni olmaydi. Galip, Kemal va Emir ish yuzasidan suxbatlashib turishadi. Kemal: - Janob Galip sizda gapim bor. Ishchilar hayoti yuzasidan. Galip: - Xo'sh, qanday? Emir: - Janob Kemal bizning ish rejamizdagi yuza kelishi mumkin bo'lgan holatlar bo'yicha aytmoqchi. Bu ishchilar uchun havfli bo'lishi mumkin demoqda. Havotirlanmang. Men o'zim har kuni nazorat qilib ko'rib chiqaman. Kemal: - Siz qarashga majbursiz. Siz!... DAVOMI BOR... Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

Просмотров: 156 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar