Ср, 22-Мая-19, 21:29:44

POPCORN.UZ

Логин:
Пароль:
Наш опрос
SIZNING TAKLIFINGIZ
Всего ответов: 24
Статистика

20:36:26
“Istiqlol” san’at saroyi direktori: Tomoshabinlar sovun va sochiqlarni o‘g‘irlab ketmoqda


“Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi. Isroil G‘ulomov suhbat davomida san’at saroyida mehmon bo‘layotgan ba’zi bir muxlislarga nisbatan o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tdi. — “Istiqlol” san’at saroyining hojatxonasi, uning umumiy ahvoli yomonligi hamda undan foydalanish pullik bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tomoshabinlar tomonidan e’tirozlar bildirildi. Bu masalada tomoshabinlarning fikrlari e’tiborga olinib, qandaydir ish olib borilmoqdami? — To‘g‘ri pullik degan e’tirozlarga qo‘shilaman, bunday holat bo‘lgan edi, ammo hozir bunday tartibni yo‘q qildik. Saroyning hojatxonasi juda ham katta, ammo farroshlarga ajratilgan shtatimiz kam. Ularning ish haqini qoplash uchun, bundan tashqari yana bir odam hojatxonaning hamma narsasiga, xususan, qog‘ozi, sovuni, shampuni o‘g‘irlab ketilmasligiga qarab turishi uchun shunday qilingan edi. Ertalab qo‘ygan narsangizni kechga borib qarasangiz — yo‘q, “qani” desangiz “o‘g‘irlab ketgan” deyishadi. — Balki bu ishni xodimlaringizning o‘zi amalga oshirar? — Qanday qilib ular qilishadi?! Har bir xodimning o‘zi hamda sumkasi kamera oldida tekshirilganidan so‘nggina ichkariga kirishiga yoki tashqariga chiqishiga ruxsat beriladi. Odamlardan iltimos qilamiz, biz ham shu yerdagi sovun bo‘ladimi, shampun, qog‘oz yoki sochiq bo‘ladimi konsertning ijara haqi hisobidan sotib olamiz. Umumiy joylarda, hamma birdek foydalanadigan buyumlarni o‘g‘irlash yaxshi emas. Biz har bitta tomoshabin saroyga kirayotganida bittadan tekshiramiz, ammo chiqib ketayotganida tekshira olmaymiz.

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 88 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar