Пн, 20-Мая-19, 21:28:05

POPCORN.UZ

Логин:
Пароль:
Наш опрос
SIZNING TAKLIFINGIZ
Всего ответов: 13
Статистика

19:37:15
Uoll-strit o‘zining ijtimoiy tarmog‘iga ega bo‘ldi
Symphony Uoll-stritdagi moliyaviy tashkilotlar uchun ijtimoiy platformani ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya vakillari xabar bermoqda.

Platforma yangiliklar va moliyaviy tahlilchilarning ma’lumotlarini taqdim etadi, elektron pochta bilan aloqa o‘rnatilgan. Tashqi ko‘rinishidan Twitter’ni eslatadi, chunki unda ham xeshteg va eslatmalardan foydalaniladi. Tor doira uchun mo‘ljallangan axborotni xakerlardan himoyalash uchun shifrlash texnologiyasi qo‘llaniladi.Symphony yangi mahsuloti evaziga butun dunyo moliyachilari va savdogarlari ishlatadigan Bloomberg LP hamda Thomson Reuters bilan xizmatlarini arzon taklif etish evaziga raqobatga kirishish niyatida. Masalan, platformadan foydalanish bir oyda 15 dollarga tushadi, Bloomberg terminallari bilan ishlaganlik uchun esa 1850 dollar haq olinadi. Kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar yangi mahsulotdan bepul foydalanishi mumkin.

Kompaniya o‘z platformasini sog‘liqni saqlash, moliyaviy texnologiyalar va audit sohasida ham tatbiq etishni rejalashtirgan
Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 112 | Добавил: BKStudio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar